Jo Gomes va "Liverpul" yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
4 iyul 2022, 18:01
"Liverpul" himoyachisi Jo Gomes klub rahbariyati bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp Gomesning klubda faoliyatini davom ettirish tarafdori.

Klopp va uning murabbiylar shtabi Gomes Angliyaning eng yaxshi markaziy himoyachisi deb hisoblashmoqda.

Gomes o'tgan mavsum asosan mudofaaning o'ng qanotida Trent Aleksandr-Arnoldni almashtirdi, ammo "Liverpul" uni hali ham jamoaning muhim o'yinchilaridan biri sifatida ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports News