

"Bunyodkor" va "Nasaf" o'rtasidagi o'yin soat 17:00da Jizzaxdagi yangi stadionda bo'lib o'tadi. Stadion final o'yiniga shay holatga keltirilgan. Bugun mana shu maydonda O'zbekiston kubogining yangi sohibi nomi ma'lum bo'ladi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra stadion to'lishi kutilmoqda, kassalarda chiptalar kam qolgan.




