Jiru Fransiyaning Yevropa chempionatlaridagi yubiley golini kiritdi

Evro-2016 ochilish o'yini Fransiya - Ruminiya uchrashuvida Olive Jiru nafaqat ushbu Yevropa chempionatining dastlabki golini kiritdi, balki francuzlar uchun ham tarixiy gol muallifiga aylandi.


"Arsenal" klubi hujumchisi kiritgan gol Fransiya terma jamoasining Yevropa chempionatlaridagi yubiley 50-goli sifatida tarixdan joy oldi.

Aynan Jiruning ushbu goli bilan Evro-2016dagi gollar soni ochildi.

Shuningdek, Ruminiya futbolchisi Bogdan Stankuning penaltidan urgan golidan so'ng francuzlarning Yevropa chempionatlaridagi o'tkazib yuborgan gollari soni 40taga etdi.


Manba: championat.asia