Jinyak "yo'lbarslar" bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
27 fev 2021
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Andre-Per Jinyak Meksikaning "Tigres" klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Meksika klubi xabar berdi.

35 yoshli futbolchining klub bilan yangi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Jinyak "Tigres" safida 2015 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. Fransiyalik hujumchi Meksika klubi tarkibida 250 uchrashuvda qatnashib, 147 ta gol urgan. U "Tigres" bilan 4 marta (2015, 2016, 2017, 2019) Meksika chempioniga aylangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tigres.com.mx