Jezus: "13 yoshimda oyog'imni sindirishmoqchi bo'lishgan, ammo jamoa meni himoya qilgan"

Aslanov Jasurbek
19 dek 2017, 12:27
"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus 13 yoshida jamoadoshlari uni himoya qilgani haqida aytib berdi.

"13 yoshimda katta kishilar bilan futbol o'ynashni boshlaganman. Bu xuddi ko'cha basketboliga o'xshardi. Qo'polliklar juda ko'p bo'lardi. Liganing eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik. Hamma menga hayrat bilan qarab, "Kim bu bolakay?" deb so'rashardi.

To'rt daqiqa o'tib himoyachini aldab o'tdim va gol urdim. Shundan so'ng, himoyachi oyog'imni sindirishini aytgan. Ammo to'p yana menga tushdi va jamoamiz gol urdi. Bahs 2:2 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida g'alaba qozondik. Himoyachi mashinalar turargohida menga hujum qilmoqchi bo'ldi. Biroq jamoadoshlarim meni undan himoya qilishdi.

Bu hikoyaning yakuni emas. Yangi yilga yaqin oilamni ko'rish uchun uyga qaytdim. Bankka borishim kerak edi, u yerda esa oyog'imni sindirmoqchi bo'lgan o'sha yigitni uchratdim. U shunday dedi: "Bolakay, meni esladingmi? O'shanda oyog'ingni sindirmoqchi edim".

U hazillashdi deb o'yladim. "Yo'q, uka, yo'q. Men haqiqatdan ham shunday qilmoqchi edim. Endi esa sen sevimli jamoada o'ynaysan. Seni yaxshi ko'raman, uka".

Bunga ishona olmasdim. Biroz kulishdik va birgalikda suratga tushdik" - deydi Jezus.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal