Jeyms va Van-Bissaka MYUning "Derbi"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
4 mar 2020, 17:20
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher "Derbi"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Manchester Yunayted" Angliya Kubogi 1/8 final doirasida "Derbi"ga bahs olib boradi.

- Jeyms o'ynamasligi mumkin. Pogba va Reshford hali ham jarohatdan tiklanish bilan bandlar. Van-Bissaka bugun tekshiruvdan o'tadi. U o'ynashga harakat qilmoqda, ammo "Derbi"ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuboradi", - deydi Sulsher.

Eslatib o'tamiz, "Derbi" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti 00:45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TEAM Talk