Jerrard: "Ronalduning transferi Saudiya Arabistoniga e'tiborni oshirib yubordi"

Mirjalol Normatov
19 noya 2023
Angliya termasi va "Liverpul"ning sobiq futbolchisi, ayni damda Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" jamoasi bosh murabbiyi Stiven Jerrard futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi.

"Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi Krishtianu Ronalduning transferi Saudiya Arabistoni uchun katta qadam bo'ldi, u orqali davlatga e'tibor oshib ketdi. Uning kelganidan keyin yulduzlar ham Saudiyani tanlashni boshlashdi. Bu chempionat haqidagi gap-so'zlar ko'paydi", - dedi Jerrard.

Eslatib o'tamiz, "Al Nassr" futbolchini 2023 yilning qishida tarkibiga qo'shib oldi va ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar