Jerrard "Everton"ni hech qachon boshqarmaydi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2021, 21:04
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi, hozirda "Reynjers" bosh murabbiyi Stiven Jerrard "Everton"ga tayinlanishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Men 'Everton'da faoliyat olib borishim mumkinligini eshitib hayratda qoldim. Bunday mish-mishlar qayerdan paydo bo'lganligini bilmayman, ammo men bu klubni boshqarmayman. Benitesning "irislar"ni boshqarishiga hayron bo'lmadim. Rafael bu shaharda tug'ilmagan va butun faoliyatini "Liverpul"da o'tkazmagan, shuning uchun u bilan biz turli darajalardamiz. Bundan tashqari, u Premer-ligaga qaytishni istayotganini bir necha bor takidlagandi", - deydi sobiq futbolchi.

Eslatib o'tamiz, angliyalik futbolchi "Liverpul" safida 17 yil to'p surgan. 2018 yilda u Shotlandiyaning "Reynjers" klubini qabul qilib oldi hamda jamoasi bilan chempionlik titulini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lib, "Seltik" ning o'n yillik gegemonligiga barham berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN