Jerom Boateng: “APL? Menga u yerda o'ynash juda yoqadi”

30 iyul 2020, 09:31
“Bavariya” himoyachisi APLga qaytishi mumkinligiga shama qildi.

“APL? Men “yo'q” deb javob bermagan bo'lardim. Menga APL bahslarini tomosha qilish yoqadi. U yerda to'p surish ham albatta. Jahon darajasidagi futbolchilan bilan mashg'ulot olib borganim menga katta ko'mak berdi. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Oldindan hech narsani aytib bo'lmaydi, ammo APLda o'ynashni xohlamasdim deb ayta olmayman. Bu aniq men yoqtirgan ligalardan biri”, - deydi Boateng.

Eslatib o'tamiz, Boateng vaqtida “Manchester Siti” safida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports