"Jenoa" 19 mln. evro evaziga "Yuventus" yarim himoyachisini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2019, 17:15
"Yuventus" yarim himoyachisi Stefano Sturaro "Jenoa"ga o'tdi.

Oldinroq, Sturaro ijara asosida Genuya klubida o'ynashi ma'lum bo'lgan edi. "Yuventus" ushbu transfyerdan 19 mln. evro ishlab oladi. Bu pullar 4 yil davomida to'lab beriladi.

Sturaro 2017/18 mavsumni ijara asosida Lissabonning "Sporting" klubida o'tkazgan edi. Ammo jarohat tufayli u Portugaliya klubi safida maydonga tushmadi. Stefanoning so'nggi rasmiy o'yini 2018 yilning may oyida "Verona"ga qarshi bo'lib o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Juventus.com