JCHdagi omadsizikka qaramay, Germaniya Flikni haydamaydi

Omonjon To`xtamirzayev
3 dek 2022, 22:15
Germaniya terma jamoasi ustozi Xans-Diter Flik Qatardagi mundialdan so'ng jamoani tark etishni rejalashtirmayapti.

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'z lavozimida qoladi.

Germaniya futbol ittifoqi Flikni vazifasidan ozod qilish masalasini ko'rib chiqmayapti. Murabbiy rahbariyat va futbolchilar ishonchini yo'qotmagan.

Germaniya futbol ittifoqi Prezidenti Bernd Noyendorfning fikriga ko'ra, Flik JCH-2022da yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni o'rganib chiqadi hamda Germaniyani o'z uyida o'tadigan Evro-2024ga munosib tarzda tayyorlay oladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Get German Football News