JCH saralashi. Avstraliya o'z uyida Indoneziyani yirik hisobda taslim etdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 mar 2025, 16:46
Avstraliya terma jamoasi JCH-2026 saralashi 3-bosqich doirasida Indoneziyaga qarshi o'yin o'tkazdi.

"Kengurular" o'z uylarida Boyl, Velupillay, Irvin (dubl) va Millerning gollari evaziga yirik hisobda g'alabaga erishishdi. Vaholanki, hisob 8-daqiqada Diksning avtogolidan so'ng Indoneziya tomonidan ochilgandi.

Shunday qilib, avstraliyaliklar 7 o'yindan so'ng 10 ochko jamg'argan holda "C" guruhida ikkinchi o'rinda joylashishgan.



O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia