JCH-2026 saralashi. Niderlandiya va Avstriyada g'alaba, Albaniya va Serbiya o'rtasidagi bahsda hisob ochilmadi

Alisher Ostonov
8 iyun 2025, 02:17
Yevropada JCH-2026 saralashi 3-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tmoqda.

Memfis Depayning 6-daqiqada, Denzel Dyumfrisning 23-daqiqada urgan goli Niderlandiyaga mehmonda Finlyandiya ustidan g'alabani taqdim etdi.



Avstriya o'yinchilari Mixael Gregorovich (42) va Marsel Zabicerning (60) gollariga mehmonlar 90+5 daqiqada kelib Florin Tenasening aniq zarbasi bilan javob bera olishdi xolos.



Albaniya va Serbiya jamoalari o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi.




O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia