JCH-2022. Yaponiya termasining yakuniy ro'yxati ma'lum

Sherzod Nurmatov
4 noya 2022, 13:06
Osiyo qitasi vakili mundial uchun yakuniy ro'yxatini ma'lum qildi.

Terma jamoa murabbiyi Xadzime Moriyasu o'zi munosib deb bilgan 26 nafar futbolchini tanlab oldi.

Darvozabonlar - Eyji Kavashima ("Strasbur"), Syuiti Gonda ("Simidzu S-Pals"), Deniel Shmidt ("Sent-Tryuyden")

Himoyachilar - Miki Yamane ("Kavasaki Frontale"), Xiroki Sakai ("Urava Reds"), Maya Yosida ("Shalke-04"), Takexiro Tomiyasu ("Arsenal"), Sogo Taniguti ("Kavasaki Frontale"), Kou Itakura ("Borussiya" Myonxengladbax), Yuto Nagatomo ("Tokio"), Yuta Nakayama ("Xaddersfild"), Xiroki Ito ("Shtutgart")

Yarim himoyachilar - Gaku Shibasaki ("Leganes"), Vataru Endo ("Shtutgart"), Yunya Ito ("Reyms"), Takumi Minamino ("Monako"), Hidemasa Morita ("Sporting"), Daiti Kamada ("Ayntraxt"), Kaoru Mitoma ("Brayton"), Ricu Doan ("Frayburg"), Ao Tanaka ("Fortuna"), Takefusa Kubo ("Real Sosedad")

Hujumchilar - Ayase Ueda ("Serkle Bryugge"), Takuma Asano ("Boxum"), Yuki Soma ("Nagoya Grampus"), Daydzen Maeda ("Seltik") 


  

Yaponiya terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionatida "E" guruhida Ispaniya, Kosta-Rika va Germaniya termalariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: jfa.jp