JCH-2022 saralashi. O'zbekiston guruhdagi raqiblar bilan oldin qanday o'ynagan?

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2019
Bugun JCH-2022 saralashiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi "D" guruhida Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur bilan kurash olib boradigan bo'ldi. Terma jamoamiz ushbu raqiblarning barchasi bilan to'qnash kelgan.

Saudiya Arabistoni bilan 10ta uchrashuvning 4tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan. 5ta bahsda imkoniyat boy berilgan va 1ta uchrashuvda durang qayd etilgan. 

Qolgan uchta raqibni esa doim mag'lub etgan ekanmiz.


O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqiblarga qarshi o'yinlarda qayd etgan natijalari: 


Raqib

G'alaba

Durang

Mag'lubiyat

T-N

O

Saudiya Arabistoni

4

1

5

13:21

13

Falastin

3

0

0

7:0

9

Yaman

4

0

0

10:2

12

Singapur

2

0

0

10:3

6


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia