

Bugun, 7 oktyabr kuni mundialning yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Unda finalga chiqish uchun O'zbekiston hamda mezbon Turkiya termalari o'zaro bahs olib boradi. Ikkinchi juftlikda esa Angola hamda Gaiti termalari final uchun bahsga kirishadi.
Qayd etish kerak, 9 oktyabr kuni nogiron-amputantlar o'rtasida o'tayotgan jahon chempionatining 3-o'rini va bosh sovrini uchun uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

