JCH-2022. Kechagi 4 o'yinning eng yaxshi futbolchilari

Eldor Akmurzayev
27 noya 2022, 09:35
Kecha, 26 noyabr kuni Qatardagi mundial guruh bosqich 2-turidan o'rin olgan navbatdagi 4 bahs bo'lib o'tdi.

Tunis – Avstraliya 0:1

23-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, “kengurular yurti” vakillariga mundialda 2010 yildan beri ilk g'alabani keltirgan hujumchi Mitchell Dyuk “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi.

Polsha – Saudiya Arabistoni 2:0

Dastlab, Petr Zelinskining goliga hammualif bo'lgan Robert Levandovski keyin mundiallardagi gollar hisobini ochishga erishdi. U uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga ham aylandi.

Fransiya – Daniya 2:1

Dublga erishib, Fransiyani birinchilardan bo'lib keyingi bosqichga chiqishiga katta hissa qo'shgan Kilian Mbappe o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Argentina – Meksika 2:0

Gol+pasga erishib, jamoasini oldinga etaklay olgan Lionel Messi “man of the match” sovriniga loyiq ko'rildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia