JCH-2022. Odatiy hol, Osiyo jamoasi Yevropa grandini mag'lub etdi

Omonjon To`xtamirzayev
2 dek 2022
Jahon chempionatining 3-turidan o'rin olgan Janubiy Koreya - Portugaliya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Janubiy Koreya – Portugaliya 2:1
"Education City Stadium"
Gollar
: 0:1 – 5 Rikardu Orta, 1:1 – 27 Kim En Gvon, 2:1 – 90 Xvan Xi Chxan.

Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Kim Mun Xvan, Kim En Gvon (Son Jun Xo, 81), Kvon Gen Von, Kim Jin Su, Jon U En, Xvan In Bom, Li Kan In (Xvan Iy Cho, 81), Li Je Son (Xvan Xi Chxan, 66), Son Xyon Min, Cho Gyu Son (Chjo YU Min, 90).

Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot, Pepe, Antoniu Silva, Joau Kanselu, Ruben Nevesh (Rafael Leau, 65), Vitinya (Bernardu Silva, 81), Mateush Nunesh (Palinya, 65), Joau Mariu (Vilyam Karvalyu, 82), Ronaldu (Andre Silva, 65), Rikardu Orta.

Ogohlantirish: Li Kan In (36), Xvan Xi Chxan (90).




Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+7-daqiqa. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va Janubiy Koreya Portugaliyani engib, pley-off yo'llanmasini qo'lga oldi. Agar parallel o'yinda Urugvay yana gol urolmasa, cho'ntagiga solib, mehmonxonaga ketaveradi.    

90+2-daqiqa. Ogohlantirish! Golni nishonlashda futbolkasini echib tashlagan Xvan Xi Changa sariq ko'rsatildi. 

90+1-daqiqa. GOOOOOOOOOOOL! Janubiy Koreya hisobda oldinga, jadvalda 2-o'ringa chiqmoqda.

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga * qo'shib berildi.

82-daqiqa. O'zgarishlar! Vitinya va Joau Mario o'rniga Bernardu Silva hamda Vilyam Karvalyu o'yinga qo'shildi.

81-daqiqa. O'zgarishlar! Son Jun Xo va Xvan Iy Jo - Kim Yon Gvon va Li Kan Inni alishtirdi. 

Janubiy Koreya futbolchisi tibbiy yordamga muxtoj bo'lib maydonda yotibdi. 

77-daqiqa. Diogu Dalot o'ng qanotdan yorib kirib ketdi va uzatmani amalga oshirdi, lekin raqib futbolchilari bunga tayyor bo'lib chiqdi.

74-daqiqa. Jarima zarbasini Li Kan In amalga oshirdi, biroq to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi.  

72-daqiqa. Leau qarshi hujumni o'zi zarba berib yakunlashga qaror qildi. 

66-daqiqa. O'zgarish! Koreyada ham o'zgarish. Li Je Son o'rniga Xvan Xi Chan o'yinga qo'shildi.

65-daqiqa. O'zgarishlar! Krishtianu Ronaldu, Ruben Nevesh va Mateus Luis o'rniga Rafael Leau, Palinya, Andre Silva tushirildi.

60-daqiqa. Son individual mahoratiga keragidan ortiq ishonib yubordi va to'pni yo'qotdi.

58-daqiqa. Osiyoliklar yana bir standart vaziyat ishladi, uzatmadan keyin esa zarba beradigan futbolchi topilmadi. 

56-daqiqa. Son Xyon Minning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, hakam bo'lim yakunlanini bildiruvchi hushtagini chaldi.

45+2-daqiqa. Portugaliya burchak zarbasini amalga oshirdi.  

45+1-daqiqa. Uzatmadagi xato tufayli koreyslarning hujumi zarba bilan yakunlanmadi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42-daqiqa. Vitinyaning yaxshi zarbasini posbon qaytardi, to'pga Ronaldu birinchi bo'lib yetib bordi va boshi bilan o'ta omadsiz zarba berdi.

41-daqiqa. Mateus Nunesh uzoq masofadan zarba berdi, lekin "Vulverxempton" futbolchisi yo'llagan to'p ancha balanddan o'tib ketdi.

36-daqiqa. Ogohlantirish! Li Kan In Vitinyaga nisbatan fol uchun ogohlantirildi. 

34-daqiqa. Kutilmaganda hujumda paydo bo'lgan Diogu Dalot zarba berishga ham imkon topdi, biroq darvozadagi Kim seyv ijro etdi.  

27-daqiqa. GOOOOOL! Janubiy Koreya hisobni tenglashtirdi! Ronaldudan assist! 

24-daqiqa. Portugaliya to'pni nazorat qilmoqda. Santush jamoasi hech qaerga shoshmayapti. 

17-daqiqa. GOOOL! Koreya hisobni tenglashtirgandi, ammo... To'pni darvozaga yo'llagan futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lgani ma'lum bo'ldi. 

15-daqiqa. Kanselu chap qanotdan oldinga o'tib bordi, bir raqibini chalg'itib, kutilmaganda darvoza tomon zarba yo'lladi.  

9-daqiqa. Son Xyon Min to'pni egallab oldi, jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab bermoqchi bo'ldi, lekin niyatiga eta olmadi.  

5-daqiqa. GOOOOOOOL! Portugaliya hisobni ochdi! Diogu Dalotning uzatmasidan keyin Rikardo Orta to'pni to'rga yo'lladi. 

2-daqiqa. Koreyslarning birinchi hujumi oxiriga etmay qoldi.

1-daqiqa. Demak, uchrashuv boshlandi!

O'yin boshlanishiga barchasi tayyor.

Jamoa a'zolari maydonga tushib kelishdi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia