

Jamoalar o'rtasidagi uchrashuv 2 iyun kuni Ummon poytaxti Muskat shahrida bo'lib o'tadi. Avvalroq milliy terma jamoaning guruhdagi yana bir raqibi – Eron termasi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Chernogoriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishi haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, 13 ochko jamg'argan Janubiy Koreya ikkinchi pog'onada bormoqda. O'zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi o'rinni band qilgan. 4–6 o'rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar termalari egallagan.



