JCH-2018. Saralash bosqichi. Germaniya muddatidan ilgari JCH yo'llanmasini naqd qildi

6 okt 2017, 02:01
Yevropada 2018 yilgi jahon chempionatiga yo'llanma olish terma jamoalar guruhlarda navbatdagi uchrashvni o'tkazishdi.

Germaniya terma jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqdi. Nemislar safarda Shimoliy Irlandiyani qiyinchiliksiz taslim etishdi - 1:3. 

Rudi ,Vagner va Kimmixning gollariga mezbonlardan Majennis 90 daqiqada javob qaytardi. Guruhdagi 9 uchrashvning barchasini o'z foydasiga hal qilgan nemislar muddatidan ilgari Jahon chempionati chitpasiga egalik qilishdi.

Guruhning ikkinchi bahsida Norvegiya safarda San-Marino darvozasini gollarga to'ldirdi. Mehmonlar safida Muhammad Elyunusiy xet-trikka erishganini alohida qayd etish joiz.

9-turdan keyin S guruhida vaziyat quyidagicha: 

1. Germaniya - 27 ochko; 

2. Shimoliy Irlandiya - 19; 

3. Chexiya - 12. 

4. Norvegiya - 10; 

5. Ozarbayjon- 10; 

6. San-Marino - 0.


JCH-2018 - Yevropa.  C guruhi. 9-y tur

Shimoliy Irlandiya-Germaniya 1:3

Gollar: 0:1 – Rudi – 2, 0:2 – Vagner – 21, 0:3 – Kimmix – 86, 1:3 – Madjennis – 90+3

JCH-2018 - Yevropa. C guruhi. 9- tur

San-Marino-Norvegiya 0:8

Gollar: 0:1 – Xenriksen – 8, 0:2 – King – 14 (pen), 0:3 – King – 17, 0:4 – Elyunussi – 39, 0:5 – Elyunussi – 48, 0:6 – Selnes – 58, 0:7 – Elyunussi – 68, 0:8 – Linnes – 86


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia