JCH-2018. Rossiya Saudiya Arabistonini sharmanda qildi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2018
JCH-2018 doirasidagi Rossiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


Bizni kuzatib borgan barcha o'quvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

O'yin tugadi. Rossiya - Saudiya Arabistoni 5:0. 

90+4. Jarima to'pidan Golovin ajoyib tarzda foydalanib uchrashuvga yakun yasadi!

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ALEKSANDR GOLOVIIIIIIIIIIIIIN! 5:0

90+3. Ogohlantirish. Saudiya Arabistoni. Taysir Al Jassim

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL! SHEDEVR! DENIS CHERISHEEEEEEEEEEEEEEEV 4:0

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

89. Bugungi o'yin qahramoni 

88. Ogohlantirish. Rossiya. Aleksandr Golovin

84. O'zgarish. Saudiya Arabistoni. Muhammad Sahlavi o'rniga Muhannad Assiri tushdi

Uchrashuvdagi barcha gollarni telegramdagi kanalimizda ko'ring va ko'chirib oling. VIDEONI KO'RISH

71. Hozirgina maydonga tushgan Dzyuba Golovin tomonidan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:0.

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ARTYOYOYOYOYOYOYOYOM DZYUYUYUYUYUYUYUYUYUYUYUYUYUBAAAAAAA! 3:0


70. O'zgarish. Rossiya. Fyodor Smolov o'rniga Artyom Dzyuba tushdi

68. ZARBA! Zobnin tomonidan yo'llagan zarbani Al Mayuf qaytardi

64. O'zgarish. Rossiya. Aleksandr Samedov o'rniga Daler Kuzyaev tushdi

64. O'zgarish. Saudiya Arabistoni. Abdulloh Otayf o'rniga Fahad Al Muvallad tushdi

60. Bugungi o'yinni stadiondan tomosha qilish uchun 78 011 tomoshabin keldi

56. Xavfli vaziyat. Al Sahlavining zarbasi xavfli chiqdi, Taysir Al Jassim to'pga eta olmadi

54. Ruslar ikkinchi taymni yaxshi boshlashdi. Natija ularni qoniqtiradi

46. Ikkinchi taym boshlandi


Uchrashuvdagi barcha gollarni telegramdagi kanalimizda ko'ring va ko'chirib oling. VIDEONI KO'RISH

45+2. Birinchi taym tugadi. Cherchesovdan dastlabki bo'limga baho

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

43. Rossiyaning tezkor hujumidan so'ng zaxiradan maydonga tushgan Denis Cherishev ikki raqibni aldab darvozani ishg'ol qildi - 2:0.

43. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DENIIIIIIIIS CHERISHEEEEEEEEEEEV 2:0


35. Golovin raqib jarima maydoni ichiga kirib borib yiqilib tushdi, bosh hakam Nestor Pitana penalti yo'q deb aytdi

33. Ochilish o'yinini ko'rish uchun "Lujniki" stadioniga kelgan muxlislar

31. Saudiya Arabistonida jarima to'pi, oshirib berilgan to'pni Yosir Al Shahroni noaniq tarzda yo'lladi

24. O'zgarish. Rossiya. Alan Dzagoev o'rniga Denis Cherishev tushdi

23. Alan Dzagoev jarohat oldi va shifokorlar yordamida maydonni tark etmoqda

16. JCH-2018dagi birinchi golni telegramdagi kanalimizda ko'ring va ko'chirib oling. VIDEONI KO'RISH

12. Golovin chap qanotdan to'pni havolatib jarima maydoniga uzatdi, Gazinskiy baland sakrab hisobni ochdi - 1:0.

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! YURIY GAZINSKIIIIIY! 1:0


9. Golovin chap qanotdan oldinga o'tdi, Jirkovning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi

5. Dastalkbi daqiqalarda ikkala tomon ham ochiq o'yin namoyish etishmoqda.

1. BOSHLANDI! JCH-2018 start oldi! 

- O'yin boshlanishiga barcha narsa tayyor. Yangi mundial muborak bo'lsin. Bir oy davomida jahonning eng kuchli 32ta terma jamoasi o'rtasidagi o'yinlarni biz bilan birga kuzatib boring. 

- Navbat Rossiya davlat madhiyasiga

- Saudiya Arabistoni madhiyasi yangramoqda

- Uchrashuvdan oldin FIFA prezidenti Janni Infantino barchani yangi Jahon chempionati bilan qutladi.

- O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.



"A" guruhi, 1-tur,
ROSSIYA - SAUDIYA ARABISTONI
 5:0
14 iyun 2018. Moskva. "Lujniki" stadioni. 78011 tomoshabin.
Hakamlar: 
Nestor Pitana (Argentina), Emerson De Karvalyu (Braziliya), Xuan Pablo Belatti (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya)
Video assistent hakamlar: Massimiliano Irrati (Italiya), Mauro Vijliano (Argentina), Karlos Astroza (Chili), Daniele Orsato (Italiya)

Gollar: Yuriy Gazinskiy 12, - 1:0. Denis Cherishev 43, - 2:0. Artyom Dzyuba 71, - 3:0. Denis Cherishev 90+2, - 4:0. Aleksandr Golovin 90+4, - 5:0.

Rossiya: 1.Igor Akinfeev, 2.Mario Fernandes, 3.Ilya Kutepov, 4.Sergey Ignashevich, 18.Yuriy Jirkov, 11.Roman Zobnin, 8.Yuriy Gazinskiy, 9.Alan Dzagoev (6.Denis Cherishev, 22), 19.Aleksandr Samedov (Daler Kuzyaev, 64), 17.Aleksandr Golovin, 10.Fedor Smolov (Artyom Dzyuba, 70)

Saudiya Arabistoni1.Abdulloh Al-Mayuf, 3.Osama Xavsavi, 5.Omar Xavsavi, 6.Muhammad Al-Burayk, 7.Salmon Al-Faraj, 8.Yahyo Al-Shehri, 10.Muhammad Al Sahlavi, 13.Yosir Al-Shahroni, 14.Abdulloh Otayf (Fahad Al Muvallad, 64), 17.Taysir Al-Jassim, 18.Salim Al-Davsari.

Ogohlantirishlar: Aleksandr Golovin 88, Taysir Al Jassim 90+2.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia