JCH-2018 qur'asida Rossiya prezidenti Putin ham ishtirok etadi

Tolibjon Qosimov
30 noya 2017
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin JCH-2018 qur'asida ishtirok etadi.

"Kreml saroyida bo'lib o'tadigan marosimga 32ta ishtirokchi jamoalardan 30tasining bosh murabbiylarini qo'shib hisoblaganda 1300dan ziyod mehmon taklif etilgan.

Qur'a yakunida har bir guruh a'zolari va guruh o'yinlari taqvimi ma'lum bo'ladi", - deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

Qur'adan oldin Vladimir Putin marosimda ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurgan jahon futboli yulduzlari bilan uchrashadi.

Uchrashuv qatnashchilari orasida - Nikita Simonyan, Diego Maradona, Kafu, Fabio Kannavaro va boshqa mashxur o'yinchilar bor.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: tass.ru