JCH-2018 paytida Ekaterinburgdagi 14ta ko'p qavatli uy gazsiz qoladi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2018, 12:29
Ekaterinburg fuqarolari 14 iyundan 15 iyulgacha o'tadigan JCH-2018 vaqtida gaz taminotini to'xtatish qarori bo'yicha hukumatdan norozi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu qoidalar 14ta ko'p qavatli uyga ham tegishli. Xavfsizlik qoidalariga ko'ra, JCH-2018 turniri o'tkazilayotgan hududda xavfli ishlab chiqarishlar to'xtatilishi kerak.

"Bizga Rostexnadzordan hujjat keldi: Gazdan foydalanmaslik va gaz ishlarini o'tkazmaslik. Muammo shundaki, bizdagi gaz yuqori bosimli, bir kvadrat santimetr uchun 14 kilogramm, shu sababli bizga ushbu hujjatni tutqazishdi. Biz uni bajarishga majburmiz" - deydi buyruq olgan tashkilot raisi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Екатеринбург Онлайн