JCH-2017. So'nggi daqiqada urilgan gol Meksikani chorak finalga olib chiqdi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2017, 15:24
Janubiy Koreyada bo'lib o'tayotgan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati nimchorak final uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Meksika U20 - Senegal U20 1:0

Gol: Ronaldo Morell 89.

Meksika U20: Romero, Alvares, Aguayo, Mayorga, Servantes, Antuna, Magana (Aguilar 80), Eskivel, Venegas, Irsar (Morell 81), Agirre.

Senegal U20: Mbaye, Diuf, Ndeki, Diarra, Niane, Baji, Ndiaye, Geye, Sarr, Kane, Li (Nyang 54).

Chetlatish: Geye 72 (ikkinchi sariq kartochka).

Shunday qilib, meksikaliklar chorak finalda Angliya terma jamoasiga qarshi o'ynashadi. Boshqa 1/4 final uchrashuvida Portugaliya Urugvay bilan to'qnash keladi. Venesuela va Zambiya terma jamoalari o'z raqiblarini kutishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia