Javohir Esonqulov "Metallurg"da

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2017
"Bunyodkor" klubi yosh hujumchisi "Metallurg"ga qaytdi.

Javohir Esonqulov Bekobod klubining Bo'stonliq tumanida olib borayotgan yig'inida ishtirok etmoqda. Futbolchi birinchi davrada "Bunyodkor" safida oliy ligada 10ta o'yinda jami 222 daqiqa harkat qildi.

Ayni paytda "Metallurg" safida "Bunyodkor"ga tegishli bo'lgan Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov va Muhammadodil Qahramonov kabi futbolchilar ham bor. Qodirqulov "Metallurg"da qolishga qaror qilgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia