Jasurbek Yaxshiboev - "Energetik-BGU"ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Alisher
1 apr 2020, 12:00
Yaxshiboev muxlislar talqiniga ko'ra jamoaning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

1. Jasurbek Yaxshiboev - 47%

2. Daniil Miroshnikov - 46,8

3. Devid Teklo - 12,4


Transfer huquqi "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan o'yinchi Belarus chempionati doirasidagi mart oyida o'tkazilgan har ikki o'yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Dastlab, BATEga qarshi o'yinda dubl qayd etgan hamyurtimiz, 2-turda, yani "Rux"ga qarshi bahsda assist qayd etdi. Har ikki o'yinda raqiblar darvozasiga 8 marta zarba berdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: vk.com/energetikbgu