Jasur Yoqubov "Lokomotiv" lagerini tark etdi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2022, 10:20
Yaqinda "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgan futbolchi kutilmaganda jamoani tark etdi.

O'tgan mavsum "Surxon" tarkibida mazmunli o'yin ko'rsatib,  muxlis va mutaxassislar e'tiboriga tushgan markaziy himoyachi yanvar oyida "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzgandi. Ammo uning "temiryo'lchilar" safidagi faoliyati uzoqqa cho'zilmadi. 

"Yaxshi niyatlar bilan Toshkent jamoasidan tushgan taklifni qabul qilib,  shartnoma tuzgandim. Afsuski, "Lokomotiv"dagi kunlarim uzoq vaqt davom etgani yo'q. Ayrim sabablarga ko'ra,  kuni-kecha "Temiryo'lchilar" safini tark etdim. Shu bois bu jamoada ko'p vaqt bo'lish nasib etmadi. Hozircha uydaman. Ko'p jamoalar erkin agentga aylanganimdan xabardor emas. Balki endi takliflar bo'lib qolar. Buni vaqt ko'rsatadi", deydi Jasur Yoqubov.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia