Jasur Xolto'raev: “Bunyodkor” ham yaxshi taassurot qoldirdi”

Narzulla Saydullayev
12 may 2017, 11:45
Kecha yoshlar ligasining 10-tur doirasidan o'rin olgan “Sho'rtan” - “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi bahsda maydon egalari g'uzorlik yosh futbolchilar raqiblar ustidan 2-0 hisobi qayd etishdi.

 Ushbu qiziqarli bahsda maydonda faol harakat qilgan  futbolchilardan biri “Sho'rtan” jamoasi hujumchisi Jasur Xolto'raev  uchrashuv yakunidan so'ng  o'z fikrlarini  bildirdi.

- Avvalo,  bizni munosib quvvatlab turishgan muxlislarga rahmat. Tan olish kerak, bugun o'yinimiz uncha chiqmadi, lekin aynan muxlislarning olg'a chorlashlari tufayli yigitlar oxirigacha kurashishdi va ishonchli g'alabaga erishdik.

“Bunyodkor” ham yaxshi taassurot qoldirdi. Mehmonlarning himoyadan o'ynab, qarshi xo'jumga tayanishlarini bilardik. Muhimi, irodali g'alabaga erishdik va hamjihatlik evaziga 3 ochko oldik. Ochig'i, o'yindan avval muxlislar ishonchini yuqotib qo'yishdan qo'rqqandim. Sababi aniq – oldingi o'yinda yutqazib qo'ygandik. Xullas, ayni payt biz uchun chiroyli o'yindan ko'ra, natija muhimroq. Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, muammolarimiz hali etarli, ularning ustidan ishlashda davom etamiz”, - dedi Jasur Xolto'raev.

Faxriddin Choriev


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia