

O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi o'z uyida "Asan Mugungxva"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Ashurmatov mazkur o'yinda doimgidek to'liq 90 daqiqa harakat qildi va sariq kartochka oldi. "Gvangju" 27ta turdan so'ng 55 ochko to'plab musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda.
Janubiy Koreya. K2 ligasi. 27-tur
"Gvangju" - "Asan Mugungxva" 3:1
Gollar: Ratino 42, Villian 75, Lim Min Xyuk 87 - Ox Se Xun 51. 



