Janluiji Buffon futbolchilik faoliyatini yakunladi. Tez orada afsonaning o'zi buni ma'lum qiladi

Administrator
1 avg 2023, 23:43
Yana bir afsonani boshqa maydonda ko'rmaymiz.

Italiya terma jamoasi sobiq darvozaboni, afsonaviy Janluiji Buffon 45 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi. Darvozabonning o'zi buni yaqin kunlar ichida e'lon qiladi. Buffonning "Parma" bilan bir yillik shartnomasi bor edi, ammo kiper futboldan ketishga qaror qildi.

Ma'lumot uchun, Janluiji Buffon faoliyati davomida uchta klubda faoliyat olib bordi. Bular "Yuventus", PSJ va "Parma" jamoalari. Bundan tashqari, Buffon Italiya terma jamoasida 176 ta o'yin o'tkazgan. 2006 yil afsonaviy posbon o'z terma jamoasi bilan Jahon chempionligini qo'lga kiritgandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano