Janluiji Buffon: "Belgiyaning bosimlariga qarshi dosh bera oldik"

14 iyun 2016, 05:01
Italiya terma jamoasi sardori Janluiji Buffon Yevropa chempionatini g'alaba bilan boshlashganidan mamnun.


- Faqatgina shu uslubda bu bahsda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Biz juda yaxshi harakat qildik va Belgiya tomonidar sodir etilgan yuqori bosimga dosh bera oldik. Italiya bunga etarli darajada tayyor edi. Ajoyib tashkillashtirilgan o'yinimiz bu murabbiy imzosi. Kontening mehnatlari samarasi. Lekin hali osmonlarga uchib yurishga erta. Bu g'alaba hali hech narsani anglatmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football-Italia