Jamshid Saidov: "Oldinda so'nggi va eng muhim uchrashuv kutib turibdi"

Narzulla Saydullayev
5 noya 2015, 22:11
"Buxoro" - "Neftchi" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov quyidagi fikrlarni bildirdi.

“Bugun futbolchilarimiz ajoyib o'yin namoyish etishdi. Ularga katta rahmat aytaman. Muxlislarimizga ham alohida rahmat aytmoqchiman. Barcha birdek uchrashuv ahamiyatini tushunib turdi va mas'uliyat bilan uchrashuvga yondashishdi. Afsus uchrashuv so'ngida Fominga qizil kartochka ko'rsatildi. Men bu vaziyatni ko'rmay qoldim. Balki og'zidan nomaqbul so'z chiqqandir, bunu uzi bilan suhbatlashgach bilib olamiz.

Oldinda so'nggi va eng muhim uchrashuv kutib turibdi. Futbolchilarimizga ishonamiz va ular so'nggi uchrashuvda ham borlarini berib harakat qilishlariga aminman“ - dedi Saidov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com