Jaloliddin Masharipov: "Maqsadimiz chempion bo'lish"

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2019, 13:18
Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan so'ng Jaloliddin Masharipov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Shunaqa qiyin bo'lishini kutgandik. 3 ochko qo'lga kiritib, xalqimizga quvonch ulashganimizdan xursandman.

Keyingi o'yinni yutsak guruhdan chiqamiz. Shu bois muddatdan avval guruhdan chiqishga harakat qilamiz. Oldimizga qo'ygan maqsadimiz finalgacha borib, chempion bo'lish.

Bugun stadionga kelgan yuzlab, TV orqali millionlab muxlislar bizni qo'llab turishdi. Bunday juda ham xursandmiz. Shunday qo'llashda davom etishsa xalqimizni xursand qilishda davom etaveramiz", - deydi Jaloliddin Masharipov.  


Narzulla Saydullaev yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia