Jaloliddin Masharipov: "Idishni hakamga qarab otmagan edim"

Narzulla Saydullayev
10 okt 2018, 15:00
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov OFK tomonidan diskvalifikaciya qilingani haqida xabar chiqdi.

Champioant.asaia sayti futbolchi bilan bog'lanib uning fikrlari bilan qiziqdi.

- Bugun terma jamoaning o'rtoqlik o'yinlaridan 6 oyga diskvalifikaciya qilinganingiz haqida noxush ma'lumot chiqdi...

- Ha, bu xabarni o'qidim. Kayfiyatim tushib ketdi.

- O'sha vaziyatni eslay olasizmi?
- O'yin tugadi, yutqazdik. Zaxira o'rindig'ida suv ichib o'tirgandim. Yakuniy hushtak chalingach jahl bilan idishni otib yubordim. To'g'risi o'sha vaziyatda hakamni ko'rmagandim, otgan idish hakamning yaqiniga ham bormadi, 6-7 metr naridan o'tib ketdi. U esa menga uloqtirdi deb o'yladi shekilli qizil kartochka ko'rsatdi.

- Terma jamoa lagerini tark etdingizmi?
- Yo'q hozircha shug'ullanib turibman.

- Ektor Kuper bu borada nimadir dedimi?
- Ha. Bosh murabbiy boshqa bunday qilma, har qanday vaziyatda hissiyotni ushlab turishni bilishing kerak dedi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia