Jakomo Bonaventura: “Milan” to'g'ri yo'nalishda harakatlanmoqda

20 fev 2018, 08:18
Jennaro Gattuzo boshchiligidagi 10 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayotgan “Milan” a'zosi jamoaning o'yini haqida fikr bildirdi.

Jamoada atmosfera ajoyib. Biz to'g'ri yo'nalishda harakatlanyapmiz, shu ruhda davom etish lozim. “Milan” “Sampdoriya”ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdi. Biz yaxshi formaga kirib oldik, natijalar esa o'z-o'zidan kela boshladi. “Milan” hozir haqiqiy jamoaga aylandi, - deydi Bonaventura.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mediaset Premium