Jahongir Ortiqxo'jaev Qatardagi ikkita stadion bilan tanishdi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2022, 17:40
Toshkent shahar hokimi va "Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo'jaev Qatarda bo'lib qaytdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Ortiqxo'jaev mehnat tatili bo'lishiga qaramay Doxadagi "Xalifa" va oktyabr oyida foydalanishga topshirilgan, JCH-2022 o'yinlaini qabul qiluvchi "Al Tumama" stadionlari bilan tanishdi.

2025 yilda Toshkent shahri o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilishidan xabaringiz bor. Jahongir Ortiqxo'jaev ushbu musobaqa tashkiliy qo'mitasi a'zosi sifatida ikkita stadionni obdon ko'zdan kechirdi. "Xalifa" stadioni maydon atrofida yugurish yo'laklari borligi (xuddi o'zimizning "Paxtakor" stadioni kabi) bois Osiyo o'yinlariga mos keladi. Bu yil mundial bahslarini qabul qiluvchi "Al Tumama" stadioni esa superzamonaviy o'yingohlardan biridir.


"Xalifa Xalqaro" stadioni tashqi ko'rinishi



Katta ehtimol bilan "Paxtakor" uchun yangi quriladigan stadion "Al Tumama"dan olingan ma'lumotlar asosida bunyod etilsa, "Xalifa"dan olingan tajriba esa 2025 yilgi musobaqa uchun foydalaniladi.

Toshkent shahar hokimi "Bunyodkor"dagi maysa muammosi yangi stadionlarda takrorlanmasligi uchun chimning vakuum havo aylanish tizimini o'z ko'zi bilan ko'rdi. Mazkur tizim "Xalifa" stadionida endi o'rnatilayotgan bo'lsa, "Al Tumama"da allaqachon o'rnatilgan.

Ma'lumotimizga ko'ra, stadionlar tanishtiruvida ayni paytda Qatarda faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbaev yordam bergan.



"Al Tumama" stadioni ichki qismi



"Xalifa Xalqaro" stadioni



"Al Tumama" stadioni

 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia