Jahon chempionatiga chiqqan jamoalar bitta suratda

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 11:01
Kecha 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatining navbatdagi saralash uchrashuvlari o'tkazildi.

Xorvatiya terma jamoasi ikki uchrashuv natijasiga ko'ra Gretsiyani 4:1 hisobida mag'lub etib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Shveytsariya ham ilk uchrashuvdagi goli tufayli Shimoliy Irlandiya bilan ikki o'yinli bahsda g'olib chiqdi va ular ham Rossiyaga boradigan bo'lishdi.

Ayni damda jahon chempionatida ishtirok etishi ma'lum bo'lgan jamoalar soni 28taga etdi. Bugun va ertaga turnirning so'nggi qatnashchilari nomi ham aniq bo'ladi. E'tiboringizga hozirgacha mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoalar ro'yxatini taqdim etamiz.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia