
Ayniqsa uning aniq paslari.
"Muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lganidan xursandmiz. JCHga kelayotganimizda bizdan nimani kutishayotganligini yaxshi bilardik va murabbiylarimiz buni his qilishimiz kerak ekanligini bir necha marotaba takrorladilar. Tur sayin o'yinimiz o'ziga kela boshladi va guruhdan muvaffaqiyatli o'tib oldik. Endi Gondurasga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rib keyingi bosqich uchun kurashamiz", - deydi Abdullaev.
- Mana uch turki terma jamoamiz ikkinchi bo'limga kelib kuchayyapti. Jismoniy holatimizdan kelib chiqib, albatta bu yaxshi. Ikki bo'lim bir xil o'yin ko'rsatishga nima yetishmayapti?
- Asosiy sabab birinchi bo'limda darvozamiz daxlsizligini saqlash. Hujumni unutmagan holda himoyada xato qilmaslik. Birinchi bo'limda ishimiz yurishmagan payt ustozimiz doim muammoga echim bo'la oladigan ko'rsatmalarni beryapti. Menimcha, bu bizning yutug'imiz bo'lsa kerak. Bo'lib o'tgan uchta o'yinning barchasi muhim bo'ldi. Ayniqsa, Marokashga qarshi kechgan o'yin. Bu bahs barchamiz uchun qiyin kechdi.
Nodirxo'ja Yuldashev