Ixtiyor Karimov: "Andijon" ham chiroyli o'yin ko'rsatdi"

Narzulla Saydullayev
15 okt 2016, 23:47
"Sho'rtan" - "Andijon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. "Andijon" ham chiroyli o'yin ko'rsatdi. Biz ikkita gol urib g'alabaga erishdik. Barcha muxlislarga va futbolchilarga rahmat aytaman.

Birinchi bo'limda futbolchilarimiz tezroq gol urishga harakat qilishdi. Shoshilish tufayli xatolar bo'ldi. Ikkinchi bo'limda barchasi o'z iziga tushib ketdi. Laziz Ubaydullaevning jarohati qay darajada ekani ertaga ma'lum bo'ladi.

Mavsumni yaxshi tugatish va munosib o'rinlarni egallash niyatidamiz", - deydi Ixtiyor Karimov.

"Andijon" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia