Ivan Yosovich: "Aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak"

Iskandarov Abdulaziz
22 iyun 2022, 09:10
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo'qon -1912" Superliganing 12-turida Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi.

Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda "Qo'qon -1912"ga ochko keltirgan golga Ivan Yosovich mualliflik qildi. Penaltini aniq amalga oshirgan himoyachi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Deyarli bir oydan keyin rasmiy uchrashuvda maydonga chiqdik. O'yin qiyin bo'lishi ma'lum edi. Chunki mehmonda o'ynadik. Raqib -  "Bunyodkor". Ular o'z maydonida juda yaxshi o'yin ko'rsatadi. G'alabani nishonlashga yaqin edik. Oxirgi daqiqalarda omad yetishmadi, boz ustiga diqqatni yo'qotdik. O'yin suratini olsak, durang adolatli natija. 

Maydon U-23 Osiyo kubogidan keyin hali to'liq tayyor emasligi ko'rinib turibdi. Ammo aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak",- deydi Yosovich.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia