Ivan Solovyov: "Kuchliroq jamoalar bilan ko'proq o'ynashimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2021
"Navbahor" yarim himoyachisi Ivan Solovyov "Rubin"ga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Toshkentdagi yig'inimizni rejadagidek o'tkazmoqdamiz. O'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashyapmiz, bugungi raqibimiz biroz kuchsiz edi. Meni fikrimcha kuchliroq jamoalar bilan o'ynashimiz kerak. Oldimizga har yili yuqori maqsadlarni qo'yamiz. Lekin oldindan biror narsa deyish qiyin. Mavsum davomida ko'ramiz va kuzatamiz. Ha, jamoa bilan shartnomani uzaytirdim. Bu yil O'zbekistondagi uchinchi mavsumim hisoblanadi. Oldinda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi",- deydi Solovyov. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia