
– Ikki hafta oldin klub menga yangi shartnoma taklif qildi. "Sevilya" klubi rahbariyatining ishonchini sezayapman, o'zimni bu yerda erkin his qilayapman. Biroq hozir bor e'tiborimni futbolga qaratmoqchiman. Vaqti kelsa qaror qabul qilaman. Ayni paytda faoliyatim davomidagi eng yaxshi formadaman, - deydi Rakitich Football Espana nashriga.