Ivan Rakitich: "Men "Real" CHL g'olibi bo'lsin deyishni istamayman"

Aslanov Jasurbek
24 apr 2016
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich UEFA Chempionlar ligasida "Real"ning g'olib bo'lishini istamaydi.

Futbolchi bu haqda o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida e'lon qildi.

"Bazi insonlar tarjimonini almashtirishi kerak... Men Lukaga barcha yaxshi tilaklarni tilayman, ammo "Real" YCHL g'olibi bo'lsin deya olmayman" - deb yozadi Rakitich.

Shanba kuni Ivan Xorvatiyaning tportal.hr portaliga intervyu bergan edi va bu suhbat e'lon qilinganidan so'ng, ko'pchilikning muhokamasiga sabab bo'ldi.

Ushbu intervyu Ispaniyada ham chop etildi va unda futbolchi Chempionlar ligasida "Real"ga omad tilagani yozilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia