Ivan Rakitich - 2015 yil Xorvatiyada eng yaxshi sportchi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2015, 20:02
Xorvatiya va Barselona yarim himoyachisi Ivan Rakitich 2015 yil o'z mamlakatining eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Sovrin topshirish marosimida futbolchining otasi ishtirok etdi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yil ushbu sovringa tennischi Marin Chilich ega chiqqandi.

Rakitich bu yil "Barselona" klubi safida Yevropa chempionlar ligasida g'olib chiqdi, Ispaniya chempioni va kubogini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari Yevropa Superkubogida ham zafar quchdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/ivanrakitic