

Qiziqarli o'yin bo'ldi, raqib kuchli edi. Ikkala jamoada ham vaziyatlar bo'ldi. Albatta natija bizni qoniqtirmaydi, raqib kim bo'lsa ham g'alaba uchun tushamiz.
"Nasaf" yaxshi va sifatli futbolchilarga ega klub. Ammo chiroyli o'yin doim ham natija keltirmaydi, biz uchun natija muhim. Jamoam o'yindan o'yinga kuchayib bormoqda, to'g'ri yo'ldamiz. Rivojlanish bor, ammo eng muhimi natija va bugun natija bo'lmadi.
Oldinda kubok o'yini bor, ertadan tayyorgarlikni boshlaymiz va guruhdan chiqishga harakat qilamiz.




