Italiyada Superliga ishtirokchilari qanday jazoga loyiq ko'riladi?

Sherzod Nurmatov
26 apr 2021, 21:20
Italiya Futbol Federatsiyasi (FIGC) A Seriyadan boshqa turnirlarda o'ynaydigan klublarni chetlashtirmoqchi, deb xabar bermoqda "La Repubblica".

Manbaga ko'ra, FIGC yig'ilishida reglamentni o'zgartirishga qaror qilindi. Unga ko'ra, klublar FIGC, UEFA va FIFA vakolatiga kirmaydigan turnirlarda qatnashmasliklari lozim.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus", "Milan" va "Inter" Superligada o'ynashga qaror qilishdi, ammo keyinchalik yangi musobaqa loyihasi to'xtatildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Repubblica