Italiyada koronavirus sababli Evro-2020 musobaqasini boshqa muddatga ko'chirish taklif qilindi

6 mar 2020, 07:55
Bu taklifni Italiya professional futbolchilar assotsiatsiyasi rahbari Damiano Tommazi bildirdi.

“UEFA Evro-2020 ni ko'chirish taklifini ko'rib chiqishi shart. Bu faqat bizdagi muammo emas. Har bir futbolchi maydonga katta tavakkal ostida chiqadi. Agar kimdir zararlansa, u holda maydondagi hammaga yuqadi. UEFA chempionatlarni yakunlashga imkoniyat berishi kerak”, - deydi Tommazi.

Eslatib o'tamiz, Italiya chempionati bahslari aprelga qadar muxlislarsiz o'tadigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia