Italiyada C Seriya o'yinlari to'xtatildi

Mirjalol Normatov
19 apr 2020
Italiya futbol federatsiyasi S Seriya o'yinlarini yakuniga etkazib qo'ymaslikka qaror qildi.

Bu haqda "Football Italia" nashri xabar bermoqda. Koronavirus sababli ushbu qarorga kelingan. Biroq A Seriya va B Seriya o'yinlari katta ehtimol bilan davom ettiriladi.

C Seriya - Italiyada kuch bo'yicha uchinchi liga bo'lib, u erda 27 tur o'yinlari o'tkazilgandi. Turnir jadvalida "Monca" 16 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilayotgandi.

A Seriya o'yinlari esa 31 may kunidan davom ettirilishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia