Italiya top-klublari Lingard uchun raqobat qilishadi

Sherzod Nurmatov
3 may 2022, 20:17
Xabarga ko'ra, "Yuventus" va "Milan" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, Italiya klublari futbolchini yozgi transfer oynasida, uning MYU bilan shartnomasi tugaydigan vaqtda qo'lga kiritish variantini ko'rib chiqmoqda. Shunday qilib, xavbek boshqa klubga tekinga o'tishi mumkin.

29 yoshli Lingard joriy mavsumda "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN