

Roberto Manchini shogirdlarining Turkiya ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g'alabasidan so'ng aksariyat muxlislar Italiyani chempionlik uchun favoritlar qatoriga qo'shishni boshladi. Umuman olganda "Skuadra Adzurra" 2012 yilgi Yevropa chempionatida bosh sovringa ega chiqishga yaqin kelgan, hal qiluvchi final uchrashuvida Italiyaga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Demak, bugun Polsha va Ukraina maydonlarida bo'lib o'tgan musobaqani yodga olamiz.
14-Yevropa chempionati 2012 yilning 8 iyun - 1 iyul kunlari Polsha va Ukraina maydonlarida bo'lib o'tgan.
Bu ikki mamlakatda bo'lib o'tgan uchinchi Yevropa chempionati hisoblanadi. Yevropa birinchiligi ilk marotaba 2000 yili ikki mamlakatda o'tkazilgan. Dastlabkisi, 2000 yilda Belgiya va Gollandiyada, 2008 yili esa Avstriya va Shveytsariya maydonlarida bo'lib o'tgan.
Ushbu turnir Yevropa chempionatlari tarixida 16 ta terma jamoa qatnashgan so'nggi chempionat sifatida tarixda qolgan. 2016 yilgi turnirdan boshlab Yevropa chempionligi uchun 24 ta terma jamoa kurash olib boradigan bo'ldi.
Mezbon aniqlash bo'yicha saylovlarning final bosqichida Italiyani ortda qoldirgan Polsha-Ukraina juftligi g'oliblikni qo'lga kiritgan. O'shanda ushbu nomzodni UEFA prezidenti Mishel Platinining shaxsan o'zi qo'llab-quvvatlagandi.
Musobaqada ishtirok etgan terma jamoalar:
"A" guruhi:
Chexiya
Gretsiya
Rossiya
Polsha
"B" guruhi:
Germaniya
Portugaliya
Daniya
Gollandiya
"S" guruhi:
Ispaniya
Italiya
Xorvatiya
Irlandiya
"D" guruhi
Angliya
Fransiya
Ukraina
Shvetsiya
Chorak finallar:
Chexiya - Portugaliya 0:1
Ispaniya - Fransiya 2:0
Germaniya - Gretsiya 4:2
Angliya - Italiya 0:0 (pen.2:4)

Yarim finallar:
Portugaliya - Ispaniya 0:0 (pen.2:4)
Germaniya - Italiya 1:2

Eng yaxshi futbolchi - Andres Inesta
Final:
Ispaniya - Italiya 4:0
Chempion: Ispaniya
Ikkinchi o'rin: Italiya
Uchinchi o'rinlar: Portugaliya, Germaniya
Abdulaziz Iskandarov tayyorladi



